Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

Buxoroda o'tkazilgan yosh olim va talabalarning respublika ilmiy-amaliy anjumani haqida

Yosh olimlar va talabalarning «XXI ASR – INTELLEKTUAL AVLOD ASRI» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani haqida ma’lumot


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi»ning «Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish» borasidagi IV-bobining 35-bandidagi vazifalarni bajarish maqsadida 2014 yil 20-21 noyabr kunlari Buxoro davlat universiteti bazasida hamda Buxoro san’at kollejida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

2014 yil 20 noyabr kuni Kogon vokzalida Toshkent-Buxoro poyezdida kelgan 80 nafar anjuman ishtirokchilari tantanali kutib olindi, (foto. ) so‘ngra ular maxsus tashkil qilingan transportlarda Buxoro neft va gaz kollejiga keldilar. Kollejda tashkil qilingan nonushtadan so‘ng, anjuman ishtirokchilari «Qo‘xna va boqiy Buxoro» majmuasiga keldilar. (foto.     )

«Qo‘xna va boqiy Buxoro» majmuasida joylashgan viloyat musiqali drama teatrining foyesida anjumanning barcha ishtirokchilari viloyatlar kesimida ro‘yxatga olindi va ularga anjuman dasturi, materiallar to‘plami, ruchka va bloknotdan iborat sumkalar taqdim etildi.

Anjuman ishi boshlanishidan oldin viloyat musiqali drama teatrida Buxoro viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan anjuman uchun maxsus tashkil qilingan ko‘rgazma namoyish etildi. (foto.         )

Anjuman o‘z ishini soat 10.00 da yalpi majlis yig‘ilishi bilan boshladi. Dastlab anjuman ishtirokchilariga videorolik namoyish etildi.

Anjuman prezidiumida 4 nafar vakillar ishtirok etdilar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Inoyatov, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari M.G’oirov va Buxoro davlat universiteti rektori A.Tulaganov.

Shuningdek, yalpi yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi masofali o‘qitish markazi direktori A.Abduqodirov va markaz direktori o‘rinbosari I.Xamidov hamda 24 nafar ekspert komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

Anjuman yalpi yig‘ilishini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev olib bordi. Shuningdek, anjumanning yalpi yig‘ilishida kirish so‘zi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Inoyatov va Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari M.G’oirovlar so‘zga chiqdilar. (foto.   )

Yalpi yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi S.Sherimbetov «Janubiy orol bo‘yi tuprog‘ining kimyoviy tarkibi va uning bioxilma-xillikka ta’siri» mavzusida, Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti talabasi A.Rojkova «Opredeleniye gidrostaticheskogo davleniya vodi na krivolineynie trapetseidalnie zatvori» mavzusida, Buxoro davlat universiteti kafedra mudiri H.Jo‘rayev «Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi» mavzusida, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabasi A.Voxidov «Geotermal energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi (Qashqadaryo viloyati misolida)» mavzusida, Qarshi davlat universiteti katta o‘qituvchisi I.Yuldoshev «Kompyuter sinflarini boshqarish tizimlari» mavzusida, Namangan davlat universiteti talabasi S.Rustamov «Inklyuziv ta’lim tizimini joriy etishning nazariy asoslari» mavzusidagi ma’ruzalar tinglandi. (foto. )

Tushlikdan so‘ng 14.30 dan boshlab anjuman ishtirokchilari 4 ta auditoriyada seksiya yig‘ilishlarida ish boshladilar. 20 noyabr kuniga rejalashtirilgan seksiyalar yig‘ilishlari 18.30 da o‘z ishini yakunladi.

18.30 dan 19.30 gacha anjuman ishtirokchilar uchun Buxoro neft va gaz kolleji oshxonasida kechki ovqat hamda madaniy dastur tashkil etildi.

21 noyabr kuni anjumanning seksiya ishlari 9.00 dan boshlandi va 10.40 gacha davom etdi. Yig‘ilishlarda jami 120 nafar anjuman ishtirokchilari qatnashdilar. Shuningdek, dasturga kiritilgan 81 nafar yosh olim va talabalardan barchasi qatnashdilar. Xususan, ijtimoiy-gumanitar fanlar seksiyasida 24 nafar, tabiiy fanlar seksiyasida 19 nafar, aniq fanlar seksiyasida 15 nafar va texnika fanlari seksiyasida 17 nafar ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi. (foto.       )

Anjuman seksiyalari yakunida moderator hamda ekspertlar sovrindorlarni aniqladilar.

Respublika anjumani yakuniy yalpi majlisi o‘z ishini 12.00 da boshladi. Anjuman prezidiumida 5 nafar mas’ul xodimlar ishtirok etdilar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi B.Shermuxamedov, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari M.Inoyatov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markazi kengashi raisi o‘rinbosari S.Ashurov va Buxoro davlat universiteti rektori A.Tulaganov.

Anjumanning yakuniy yalpi yig‘ilishini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi ijrochi direktori A.Pardayev olib bordi. Yalpi majlisda seksiya moderatorlarining seksiya ishlari bo‘yicha xulosalari tinglandi.

Respublika anjumanida faol qatnashgan va sovrinli o‘rinlarni egallagan yosh olim va talabalarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, (foto.     ) jumladan:

 ijtimoiy-gumanitar fanlari seksiyasida

«Milliy o‘yinlar – tarbiya vositasi sifatida» mavzusidagi ma’ruzasi uchun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining «Ijtimoiy-madaniy faoliyat» ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabasi O’razmatov Vahobjon Otanazarovichga sovrinli 1-darajali diplom va noutbuk;

 «Salohiddin Toshkandiy va uning «Lug‘ati salos» asari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Farg‘ona davlat universitetining «Tilshunoslik» kafedrasi o‘qituvchisi G’afurova Surayyo Ulug‘bekovnaga 2-darajali diplom va LED televizori;

 «Inklyuziv ta’lim tizimini joriy etishning nazariy asoslari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Namangan davlat universiteti 4 kurs talabasi Rustamov Sardor Muydinxon o‘g‘liga 3-darajali diplom va DVD qurilmasi berildi.

 tabiiy fanlar seksiyasida

«Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Buxoro davlat universitetining «Mehnat ta’limi» kafedrasi mudiri Jo‘rayev Husniddin Oltinboyevichga sovrinli 1-darajali diplom va noutbuk;

 «Janubiy Orol bo‘yi tuprog‘ining kimyoviy tarkibi va uning bioxilma-xillikka ta’siri» mavzusidagi ma’ruzasi uchun O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Sherimbetov Sanjar Gulmirzoyevichga 2-darajali diplom va LED televizori;

 «Epidemiologiya i profilaktika posleoperatsionnix kognitivnix disfunksiy» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Andijon davlat institutining 5 kurs talabasi Uzoqov Azizbek Dilshod o‘g‘liga 3-darajali diplom va DVD qurilmasi berildi;

aniq fanlar seksiyasida

«Kompyuter sinflarini boshqarish tizimlari» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Qarshi davlat universitetining «Amaliy matematika va informatika» kafedrasi o‘qituvchisi Yuldoshev Ismoil Abriyevichga sovrinli 1-darajali diplom va noutbuk;

 «Opredeleniye gidrostaticheskogo davleniya vodi na krivolineynie trapetseidalnie zatvori» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining 2 kurs talabasi Rojkova Anna Sergeyevnaga 2-darajali diplom va LED televizori;

 «Polucheniye i elektrofizicheskiye issledovaniya pSi-n(Si2)1-x-y(Ge2)x (ZnSe)y geterostruktur» mavzusidagi ma’ruzasi uchun O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutining kichik ilmiy xodimi Amonov Qobil Ashrafovichga 3-darajali diplom va DVD qurilmasi berildi.

 texnika fanlari seksiyasida

«Geotermal energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi (Qashqadaryo viloyati misolida)» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining magistranti Voxidov Akmal Ulashevichga sovrinli 1-darajali diplom va noutbuk;

 «Nano o‘lchamdagi moya tranzistorlar oksid katlamidagi va oksid-yarimo‘tkazgich chegarasidagi zaryadlarning vaziyatini baholash uslubi» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Urganch davlat universitetining «Fizika» kafedrasi o‘qituvchisi Matyoqubov Xikmat Shuhratovichga 2-darajali diplom va LED televizori;

 «Angren kaolinlaridan koagulyant – alyuminiy sulfat olish texnologiyasi» mavzusidagi ma’ruzasi uchun Namangan muhandislik-pedagogika institutining «Ekologiya va mehnat muhofazasi» kafedrasi o‘qituvchisi Mamadjanov Zokir Ne’matjanovichga 3-darajali diplom va DVD qurilmasi berildi.

 Shuningdek, seksiya ishlarida faol qatnashgan yana 12 nafar yosh olim va talabalarga O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining qimmatbaho sovg‘alari berildi. (foto.   )

Anjumanda qatnashgan barcha yosh olim va talabalarga anjuman ishtirokchisi sertifikatlari topshirildi. (foto.     )

Yalpi yig‘ilishdan keyin anjuman ishida qatnashayotgan 120 nafardan ortiq ishtirokchilar uchun Buxoro shahar va viloyatning tarixiy joylariga sayohat uyushtirildi. (foto.     )

Sayohatdan keyin soat 18.30 dan 19.30 gacha Buxoro neft va gaz kolleji oshxonasida anjuman ishtirokchilariga kechki ovqat tashkil etildi.

20.00 dan 20.30 gacha temir yo‘l vokzalida xayrlashuv tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Buxoro davlat universiteti iqtidorli talabalarining chiqishlari bo‘ldi.

21 noyabr kuni «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi anjuman o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Anjuman haqida videorolik va rasmlar olindi. Tadbir borishi haqidagi ma’lumotlar respublika ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.