Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

«XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O’zbekiston yoshlari -kelajagimiz tayanchi. Shunday ekan, mustaqillik yillari davrida zamon va xalqaro talablarga javob beradigan milliy ta’lim tizimining yaratilgani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy shartlaridan biri deb hisoblanadi.Yurtboshimiz I. Karimov ta’kidlaganidek: "Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan yetuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi".

Darhaqiqat, mamlakatimiz kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida barpo etishi hamda dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan yuqori o‘rinni egallash borasida izchillik bilan olib borayotgan sa’y-harakatlarining asosiy kuch- qudrati - kadrlarning intellektual salohiyati, qobiliyatlariga har tomonlama bog‘liq. O’zbekiston yoshlarining ilmiy va aqliy salohiyati, chuqur va teran tafakkuri, boy ma’naviyati, keng dunyoqarashi, vatanparvarlik ruhi asosida, erkin shaxs sifatida o‘zining barqaror hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lishi, el- yurt taraqqiyoti va uning yorqin kelajagi uchun o‘z fuqarolik burchi mas’uliyatini his qilib, anglashi-taraqqiyot negizi.

Milliy g‘oyamiz - milliy istiqlol g‘oyasi yo‘lida hatto jonini berishga tayyor, o‘z ona Vatanini asrab-avaylab, unda erkin va farovon hayotni ta’minlay oladigan kelajagi porloq, barkamol va axloqiy kamoloti, ma’naviyati yetuk avlodni tarbiyalashga erishishimiz zarur. Prezidentimiz I. Karimov ta’biri bilan aytganda: "Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir".
Bugungi kunda, globallashuv jarayoni keng taraqqiy etib borayotgan bir paytda, axborot texnoligiyalari va kommunikatsiyalari tez ko‘lamda rivojlanayotgan davrda, insonlar, ayniqsa, yoshlar ongini yot g‘oyalardan, tinchligimiz va taraqqiyotimizga raxna solishga harakat qilayotgan qabih va yovuz niyatli kuchlar va oqimlardan asrash - davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu bois, yurtimizda Yosh olimlar va talabalar faoliyatiga alohida e’tibor berilib kelinmoqda. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 31 martdagi 40-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi»ning «Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish» mavzusi bilan nomlanadigan IV bo‘limidagi «Yosh olimlar va talabalar ishtirokida «XXI asr- intellektual avlod asri» shiori ostida hududiy va respublika ilmiy- amaliy konferensiyalarini o‘tkazish»ga qaratilgan 39-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini yuqori saviyada ta’minlash borasida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamkorligida yosh olimlar va talabalarning navbatdagi «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi anjumanini o‘tkazish borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

O’tkazilayotgan konferensiyadan asosiy maqsad mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashda yoshlarni keng jalb qilish, ularni iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish hamda zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsiya madaniyatini puxta o‘zlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, ular o‘rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdir.

Konferensiyaning sifat darajasini oshirish, uni kengqamrovli tartibda o‘tkazish va buning barobarida yosh iqtidorli olim va talabalarni butun respublika bo‘ylab jalb qilish maqsadida uni ikki, ya’ni hududiy va yakuniy (respublika) bosqichda o‘tkazish nazarda tutilgan.

Shunga ko‘ra hududiy ilmiy-amaliy anjumanlar respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tdi. Hududiy anjumanlar faoliyati 4 ta sho‘‘ba, ya’ni «Ijtimoiy-gumanitar fanlar», «Tabiiy fanlar», «Aniq fanlar», «Texnika fanlari» sho‘‘balari asosida olib borildi. Konferensiyalarda respublikamiz ta’lim va ilmiy muassasalaridan yosh iqtidorli olimlar va talabalar o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar. Ularning yig‘ilishlarida 1463 talaba va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Natijada jami 14 tomlik va hajmi 253 bosma toboqdan iborat anjumanlar materiallar to‘plamlari chop etildi va respublika ta’lim muassasalariga tarqatildi.

Konferensiyaning yakunlovchi, respublika bosqichini 2015 yilning 19-20 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazish belgilandi. Bu bosqichda hududiy anjumanlarda faol qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab, g‘olib deb topilgan yosh olimlar va talabalarning ilmiy ma’ruzalarini tinglash, muhokama qilish ishlari rejalashtirildi.