Anonim so`rov

Bu saytni borligini qayerdan bildingiz?

«XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi V respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O’zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashi majlisining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-sonli majlis bayoni qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda joriy yilning 12-13 yanvar kunlari Toshkent shahrida «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostida yosh olim va talabalarning V respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiya dastlab respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida «Ijtimoiy-gumanitar fanlar», «Tabiiy fanlar», «Aniq fanlar», «Texnika fanlari» sho‘‘balari asosida olib borildi. Ularda 1576 nafar yosh iqtidorli olim va talabalar o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar. Hududiy konferensiyalar yakunida 11ta to‘plamdan iborat materiallar chop etildi hamda ta’lim muassasalariga tarqatildi.

Konferensiyaning respublika bosqichini joriy yilning 12-13 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Toshkent moliya institutida o‘tkazish belgilangan bo‘lib, unda hududlarda g‘olib deb topilgan 122 nafar yosh olim va talabalarning ilmiy ma’ruzalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Konferensiya yakunida eng yaxshi ilmiy maqolalar mualliflari tashkilotchilar tomonidan darajali diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Konferensiyaning kun tartibi

Vaqti

Tadbir nomi

Tadbir o‘tish joyi

2017 yil 11 yanvar, chorshanba

Kun davomida

Konferensiya ishtirokchilarini kutib olish

«Yoshlik» talabalar shaharchasidagi O’zMU, TDTU va TMIning talabalar turar joyi

15:00

Matbuot anjumani

Toshkent moliya instituti «D» binosining kichik  konferensiyalar zali

18:00 - 20:00

Madaniy tadbir

O’zbek Milliy akademik drama teatri, «O’tgan kunlar» nomli spektakli

20:30 - 21:30

Kechki ovqat

«Yoshlik» talabalar shaharchasidagi «Ezgu» kafesi

2017 yil 12 yanvar, payshanba

07:30 - 08:30

Nonushta

«Yoshlik» talabalar shaharchasidagi «Ezgu» kafesi

09:00 - 10:00

Konferensiya ishtirokchilarini ro‘yxatga olish

Toshkent moliya institutining
1-konferensiyalar zali

10:00 - 13:00

Konferensiyaning ochilish marosimi va yalpi majlisi

Toshkent moliya institutining
1-konferensiyalar zali

13:00 - 14:00

Tushlik

Toshkent moliya institutining oshxonasi

14:00 - 17:00

Seksiya yig‘ilishlari

Toshkent moliya instituti «E» binosining 301-, 303-, 401-, 403-xonalari

17:00 - 19:00

Madaniy tadbir

Kinochilar uyi, «Ustyurtga yo‘l» nomli film

19:30 - 21:00

Kechki ovqat

«Yoshlik» talabalar shaharchasidagi «Ezgu» kafesi

2017 yil 13 yanvar, juma

07:30 - 08:30

Nonushta

«Yoshlik» talabalar shaharchasidagi «Ezgu» kafesi

09:00 - 13:00

Seksiya yig‘ilishlari

Toshkent moliya instituti «E» binosining 301-, 303-, 401-, 403-xonalari

13:00 - 14:00

Tushlik

Toshkent moliya institutining oshxonasi

14:00 - 16:00

G’oliblarni taqdirlash marosimi va konferensiyaning yopilishi

Toshkent moliya institutining
1-konferensiyalar zali

16:00 - 18:00

Kechki ovqat va madaniy tadbir

Toshkent moliya institutining oshxonasi

2017 yil 14 yanvar, shanba

Kun davomida

Konferensiya ishtirokchilarini kuzatish


Konferensiyaga taklif etilganlar ro'yhati

Konferensiya dasturini shu yerdan yuklab olishingiz mumkin